1

​«Sevib qoldim, ammo...»

SUG'DIYONA 29.03.2017, 11:08
Teglar: Muhabbat
​«Sevib qoldim, ammo...»

Sevgi qissalariyu she`rlarni o`qish, muhabbat tarannum etilgan taronalarni tinglash, filmlarni tomosha qilib ko`z yosh to`kish — yoqimli! Sevib qolish esa ming karra xushbaxtlik ato etadi kishiga. Ammo bu tuyg`uning og`riqlari, muammolari ham bor-da. Ayniqsa, o`smir yoshda...

1-murojaat:

— Anchadan buyon bir yigit bilan gaplashib yuraman. Bir-birimizda ko`nglimiz bor. Yaqinda uydagilar bundan xabar topib, qattiq urishishdi, hatto telefonimni ham tortib olishdi. Endi xavotirdaman. Chunki u bola men bilan gaplasha olmagach, boshqasini topib olishi aniq. Men esa uni yo`qotishdan qo`rqaman...

Nigina, 17 yosh

2-murojaat:

— Yaqinda meni unashtirishdi. Biroq hech kim rozilimgimni so`ramadi. O`zimning ahdlashganim bor. Ota-onam esa ko`nglimga quloq tutishni istashmayapti. Fotihamni buzish haqida ham o`ylayapman. Chunki unashtirilgan yigitda ko`nglim yo`q. U bilan baxtli bo`lishimga ko`zim etmayapti...

Hulkar, 18 yosh

OYDINLIK KIRITAMIZ!

1. Muhabbatning yoshi. O`n oltidan oshgan qizmi, o`g`ilmi, har bir inson hayot sahnasida yangi rollar ijro qilishni istaydi. Farzandlik kabi egallab turgan «lavozim»lari biroz zeriktiradi-da. Kimdir bilan pichir-pichir qiladigan dugona, yigiti-la «SMS»lashadigan qiz obrazi ular uchun yangi va qiziq. Shu sabab ota-ona bilan munosabatda ziddiyatlar yuzaga keladi. Ammo bu vaqtinchalik. Demak, ikkala murojaat qilgan qizimiz, umuman bu yoshdagilardagilar sevgi qissalarini boshdan kechirishiga tabiiy holat deb qarash kerak.

2. Sevamanmi, yo`qmi? Bu gul barglarini yuladigan o`yinmas, jiddiy va nozik masala. «Agar men bilan gaplashmay qo`ysa, boshqa qizni topib oladi» kabi qo`rquv yigitning qizga bo`lgan munosabati jiddiymasligini yaqqol ko`rsatib turibdi. Asosan bu kabi ikkilanish va xavfsirashlar telefon, interent orqali sevishib qolganlarda kuzatiladi. Agar sizni ko`ngil qo`yganingiz bilan faqat qandaydir vositalar bog`lab tursa va qalbingizda ikkilanish bo`lsa, sevgingizni chin deb ayta olmaymiz.

3. Taqiqlar. Odatda o`smirlar ota-ona tomonidan o`rnatilgan cheklovlarga qasdma-qasd harakat etishadi. Ammo qizlarjonlar, siz bunday qila ko`rmang. Qovoq-tumshuq qilib yurmasdan, yoki yashirincha gaplashish yo`llarini izlamasdan, onangizga dardingizni ayting, sirlashing. Ko`nglingizni ochsangiz, sizni dunyoga keltirgan ayol, albatta, quloq tutadi va to`g`ri yo`lni ko`rsatibgina qolmasdan, shu yo`lda siz bilan birga qadam tashlaydi.

4. Majburlik. Bugungi kunda qiz bolani turmushga uzatish, o`g`ilni uylantirish masalasida ko`pchilik ota-onalar tanlovni farzandlarining o`ziga qo`yib berayapti. Nega? Chunki bugunning bolasi «Siz uylantirgan qiz», «Siz topgan kuyov» degan ta`nalar, ertaga ko`ngilsiz qurilgan oilada yuz berishi mumkin bo`lgan noxushliklardan himoyalanish uchun ham. Qiz boladan bir og`iz so`ramasdan uni unashtirib qo`yish noto`g`ri. Ammo g`isht qolipdan ko`chgan. «Men noroziman, u bilan baxtli bo`lolmayman», deya zor yig`lash va to`ydan oldin nog`ora chalishdan foyda yo`q. Iloji bo`lsa, onangiznnig o`zi bilan dildan gaplashing. Xo`sh, ular nimani ko`zlab qaror qabul qilishgan? Nima bo`lganda ham, axir sizning baxtingizni o`ylashayapti-ku! Yoki ota-onangiz hurmat qiladigan va sizni tushunadigan qarindosh-urug`lardan birini o`rtaga qo`ying.

5. Sevgi chinmi yoki?.. Bu savolga biz tugul, ayni paytda sevib qolgan qizlar ham javob berolmaydi. Balkim haqiqiy muhabbatingizni boshdan kechirayotgandirsiz. Balkim bu shunchaki o`tkinchi his-tuyg`ulardir. Ota-onangiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sevgingizning aslini sinash uchun sinov deb qabul qiling. Siz bilan birga ko`ngil qo`yganlaringiz ham bu sinov uchun kurashadimi? Va u, o`rtadagi tuyg`ular ota-onangizning tanlovi va taqiqiga qarshi isyon qilishingizga arzigulikmi? Shuni chuqur mulohaza qiling. Eng muhimi, beqaror bu yoshingizda qaltis harakatlar (uydan qochib ketish, o`z joniga qasd qilish, o`zini qiynash bilan yaqinlarni jazolash kabilar) qilmang!

Maqolani ruhshunos Shahnoza Xalilova tavsiyalari asosida Shoira VAFOEVA tayyorladi.

Sharhlar

​HINDChA MUHABBAT

21.06.2017, 16:08

Xalqimga yordam kerak, uning dardlari ko`pTest sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan Ozod poytaxtdagi eng nufuzli tibbiyot instituti talabasiga aylandi. O`qishga yangi qabul qilinganlarni tabriklash marosimi hashamatli zalda...
​Sevib qolgan o`smirga qanday munosabat bildirish kerak?

16.06.2017, 10:54

— Yoshim o`n beshda. Sinfdosh yigitim bilan bir-birimizga ko`ngil qo`yganmiz. Yaqinda onam bilib qolib, meni urishib berdi. Dadam ham bundan xabar topib, «U bolaga bermaymiz,...
​Kanadada sevishganlar mingan havo shari muhabbat izhoridan keyin daraxtga urildi (Video)

31.05.2017, 11:59

Ammo yigit mazkur voqeadan xafa bo`lmadi, aksincha shunday unutilmas kunda shunday voqea ro`y berganidan qalbi quvonchga to`ldi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.Kanadaning Albert provinsiyasida yashovchi...
​“Ko`nglida nima bor, bilmayman!...”

04.05.2017, 14:31

«Erimni menchalik yaxshi biladigan inson yo`q» deysizmi? To`g`ri, qanday taomni yoqtirishi-yu, xarakteri, do`stlari yoxud qiziqishlaridan xabaringiz bor. Ammo uning reja, maqsad va o`ylari haqida nima...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1