Poraxo`rlikda va o`z vakolatini suiiste`mol qilganlikda ayblangan mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xeni Janubiy Koreya sudi qamoqqa olishga order berdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, prokuratura 27 mart kuni mazkur fakt bo`yicha sudga so`rovnoma yuborgan.
Mazkur ishda Pak Kin Xening yaqin dugonasi Soy Sun Sil asosiy aybdorlardan biri hisoblanadi. Unga nisbatan yirik Koreya kompaniyalaridan biridan tovlamachilik yo`li bilan 70 million dollar pul undirish va mamlakatning siyosiy jarayoniga aralashganlik bo`yicha ayblov e`lon qilingan.






