1

​Xonanda Amira Alibekova portalga shikoyat arizasi yozganidan so`ng taxallusini qaytarib oldi

Shou-biznes 30.03.2017, 11:40
Teglar: Xonanda, Prezident
​Xonanda Amira Alibekova portalga shikoyat arizasi yozganidan so`ng taxallusini qaytarib oldi

“Najotimsan”, “Omon-omon”, “Ikki sohillar”, “Qani qani”, “Umr o`taveradi” kabi qo`shiqlari bilan muxlislar qalbidan alohida o`rin egallagan xonanda Amira Alibekova prodyuserlik kompaniyasi bilan shartnoma muddati tugagach, ijodda tanaffus qilgan edi. Prodyuserlik kompaniyasi tomonidan uning taxallusi ham olib qo`yilgan edi. Endilikda Adelya Alibekova Amira taxallusini qaytarib oldi va “Uzoqdagi yaqinim” deb nomlangan yangi qo`shig`ini taqdim etdi.

“Sayyod.com”ning yozishicha, xonandaga taxallusini qaytarib olish oson kechmagan.

“Taxallusga narx ham qo`yildi va u o`zgarishga ham ulgurdi, portalgayam yozildi”, deb yozadi “Sayyod”.

“Bu shunchaki menga kerak bo`lgan taxallus. U menga prinsip uchun emas, adolat yuzasidan kerak. Bir yil avval ‘Amira’ taxallusi baribir meniki bo`lishini aytgan edim. Siz esa ishonmagan edingiz. Bir yil ichida hayotimning pardasi ortida nimalar bo`lgani haqida men hech narsa demadim. (Chunki tafsilotlar sizni xafa qiladi) Qanchalik oson bo`lmaganini faqat men bilaman! Biroq, men prodyuserim bilan o`rtamizda yuzaga kelgan vaziyat uchun minnatdorman. Aynan shu vaziyat mening ko`zimni ochdi. Ayniqsa, ayrim hamkasblarim, ‘do`stlarim’ va shunchaki tanishlarimga nisbatan. Hayotda ba`zan shunday qiyin damlar bo`ladiki, sen hammasi tugadi, deb o`ylaysan. Aslida esa, bu faqat yangi, mustaqil yo`lning boshlanishi. Mening ijoddagi ismim Amira yoki Adelya ekanligining esa ahamiyati yo`q! Ijodda asosiysi barcha eshitayotgan va his qilayotgan haqiqat”,—deb yozadi Amira Alibekova o`zining Instagram`dagi sahifasida taxallusini qaytarib olishi bilan bog`liq vaziyat haqida.

Sharhlar

Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
Prezident yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

07.05.2024, 14:24

Mirziyoev Vengriya, Eron, Chexiya, O`mon va Jazoirning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezidentimiz Chexiya Respublikasi O`zbekistonning Evropa...
Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1