AsosiyDunyo
8394

​Filippinlik qiz ketma-ket o`tkazilgan 3 ta plastik operasiyadan keyin vafot etdi

'​Filippinlik qiz ketma-ket o`tkazilgan 3 ta plastik operasiyadan keyin vafot etdi'ning rasmi

Filippinnlik 29 yoshli qiz ketma-ket o`tkazilgan 3 operasiyadan keyin vafot etdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Shiril Saturnino 25 mart kuni Mandaluon shahridagi Icon shifoxonasiga keldi. Kechki soat beshda boshlangan operasiya tungi uchda yakunlandi.

Operasiyani tugatayotgan vrachlar qizning yuragi urishdan to`xtaganini ko`rdi. O`tkazilgan reanimasiya muolajasiga qaramay, Shirilni qutqarishning iloji bo`lmadi.

28 mart kuni shifoxona ma`muriyati qizning o`limiga nima sabab bo`lganligini aniqlash yuzasidan barcha-chora tadbirlar ko`rilayotganligini, hammasi sud-tibbiyot ekspertizasidan keyin aniq bo`lishini, uning o`limiga tibbiyot xodimlari sabab bo`lgan bo`lsa, qonuniy chora ko`rilishini ma`lum qildi. Saturnino mazkur shifoxonaning doimiy mijozi bo`lib, ilgari ham bir necha marotaba plastik operasiyani boshdan kechirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar