1

​Biz uchun odatiy, ammo Shimoliy Koreya xalqi uchun mumkin bo`lmagan narsalar

Dunyo 31.03.2017, 09:58
​Biz uchun odatiy, ammo Shimoliy Koreya xalqi uchun mumkin bo`lmagan narsalar

Biz uchun odatiy, kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo`lgan narsalar Shimoliy Koreya ahli uchun mumkin bo`lmagan taqiq hisoblanadi, deb xabar berdi Interesno.cc nashri.

Shimoliy Koreyadagi qanday tuzum hukmronligi, Kim Chen Inning kimligi hammaga yaxshi ma`lum. Har kuni bajaradigan, biz uchun odatiy hol bo`lgan harakatlarimiz uchun Shimoliy Koreyada qamoqqa olinishimiz yoki qatl etilishimiz mumkin.

Quyida sizni Shimoliy koreyaliklar uchun taqiqlangan narsalar bilan tanishtiramiz.


Spirtli ichimlik iste`mol qilish

2013 yilda Kim Chen Ir vafoti tufayli 100 kunlik motam paytida spirtli ichimlik iste`mol qilgan harbiy zobit Kim Chen Irni hurmat qilmaganlikda ayblanib, o`lim jazosiga ham hukm qilindi.

Televizor tomosha qilish

O`tgan yili Shimoliy Koreyada 80 nafar odam Janubiy Koreyaning televizion shousini tomosha qilganlikda ayblanib, ommaviy ravishda qatl etildi.


Avtomobil boshqarish

Faqatgina davlat amaldorlarigina avtomobil boshqarish huquqiga ega. Shimoliy koreyalik odamlarning har 100 tadan bittasida avtomobil bor.

Musiqa eshitish

Keti Perri yoki Teylor Svift, biror chet el xonandasi faqatgina shavkatli Kim Chen Ir haqida qo`shiq aytsagina, mazkur ashulani tinglashga ruxsat beriladi.

Chet eldagi odamlar bilan muloqot qilish

Agar xalqaro qo`ng`iroqni amalga oshiradigan bo`lsangiz, sizni o`lim jazosi kutadi. 2007 yilda bir qancha xalqaro qo`ng`iroqlarni qabul qilgan erkak omma oldida, stadionda otib o`ldirildi. Yana 6 kishi qatl amalga oshiralayotgan payt vujudga kelgan tiqilinchda halok bo`ldi.


O`z fikriga ega bo`lish

Tuzumni tanqid qilgan har qanday odam zudlik bilan “tarbiya” lageriga yuboriladi.


Mamlakatdan chiqib ketish

Shimoliy Koreyani tark etgan fuqaroning ortidan darrov ayg`oqchilar yo`lga tushadi.


Dinga itoat etish

Shimoliy Koreya fuqarolariga din erkinligi berilgan, deb e`lon qilingan bo`lsa-da, Injilni tarqatganlikda ayblangan ayol omma oldida qatl etilgan.


Pornofilm tomosha qilish

Pornofilmni tomosha qilgan va tarqatgan odamga so`zsiz o`lim jazosi beriladi.


Internatdan foydalanish

Shimoliy Koreyada internetga o`xshash portal mavjud, u faqatgina davlat siyosatini targ`ib qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1