AsosiyDunyo

​Chuvashiyalik ayol o`lib qolgan o`rdaklar uchun asrab olgan jiyanlarini ayovsiz kaltakladi

'​Chuvashiyalik ayol o`lib qolgan o`rdaklar uchun asrab olgan jiyanlarini ayovsiz kaltakladi'ning rasmi

Etim qolgan jiyanlarini asrab olgan chuvashiyalik ayol uch nafar bolani sochidan sudrab, kaltaklaganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

1999 va 2004 yilda tug`ilgan qizlar va 2005 yilda tug`ilgan bolalar ota-onasidan ayrilgandan keyin 2012 yilda xolasining qaramog`iga o`tkazilgan. Ayol 4 yil mobaynida jiyanlarini ayovsiz kaltaklab, ularni turli qiynoqlarga solib kelgan. Bolalarni kaltaklashiga arzimagan narsalar — kiyimini kir qilish, maktabda yomon baho olish, o`rdakchalarning o`lib qolishi kabi voqealar sabab bo`lgan. Bolalarning ikki nafari uydan qochib ketgan, ammo polisiyachilar ularni tutib kelgan.

Ayni paytda 42 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilib, qonuniy chora ko`rish uchun sudga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar