Amerikalik mashhur aktyor Bred Pitt tanib bo`lmas darajada ozdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Bred Pittning suratlari Los-Anjelesda paparassi tomonidan suratga olingan. Nashrning xabar berishicha, dunyoning eng ko`rkam erkagi, deb e`tirof etilgan aktyor o`zining soyasiga aylanib qolgan. Uning sillasi qurib qolgani ko`rinib turibdi, ozg`inligi esa kishini dahshatga soladi. Rafiqasi Anjelina Joli bilan ajrashish va sud ishlari uni holdan toydirgani yaqqol ko`zga tashlanadi.
OAVlarning xabar berishicha, Pitt haykaltaroshlik bilan shug`ullanmoqda. Rafiqasi bilan ajrashgan kinoyulduz asosiy vaqtini Los-Anjelesda yashovchi do`sti, haykaltarosh Tomas Xausigoning studiyasda o`tkazadi. Mazkur fotosuratdan Bred Pittning oldingidan ham ozib ketganligini payqash mumkin.