Toshkent viloyati Bekobod tumani IIB navbatchilik qismiga Ma`naviyat ko`chasida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Damas” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini uyi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashinani olib qochganlikda gumonlanayotgan shaxslar shu tumanda yashovchi 1997 va 1998 yilda tug`ilgan fuqarolar bo`lib chiqdi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.