AsosiyJamiyat
6107

​Prezidentining Davlat maslahatchisi saratonga chalingan ayolning dori-darmon masalasini hal etishni topshirdi

'​Prezidentining Davlat maslahatchisi saratonga chalingan ayolning dori-darmon masalasini hal etishni topshirdi'ning rasmi

31 mart va 1 aprel kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a`zolari Farg`ona, Marg`ilon, Qo`qon shaharlarida hamda Rishton tumanida Farg`ona viloyati aholi bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabullar o`tkazdi.

Sayyor qabullarda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o`rinbosari Ulug`bek Sunnatov, Oliy sud raisi o`rinbosari Fayzulla Abduazimov, Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Alisher Mirzaev, Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Saidmurod Saydaliev hamda viloyatning tuman va shaharlar hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar, sud organlari rahbarlari, boshqa tegishli boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunga kelib Farg`ona viloyati aholisidan Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 62 mingga yaqin murojaat va arizalar kelib tushgan bo`lib, ularning 57 mingga yaqiniga tegishli javoblar berilgan va qanoatlantirilgan, 3,7 mingdan ziyodi o`rganish va hal etish jarayonida.

Xususan, tumanlar kesimida vaziyat quyidagichadir: Oltiariq tumani – 4992, Bog`dod tumani – 1734, Beshariq tumani – 1368, Buvayda tumani – 1347, Dang`ara tumani –1621, Quva tumani – 4373, Qo`shtepa tumani – 1736, Rishton tumani – 1958, So`x tumani – 576, Toshloq tumani – 2125, O`zbekiston tumani –2373, Uchko`prik tumani –2058, Farg`ona tumani –3515, Furqat tumani –1083, Yozyovon tumani –1134, Qo`qon shahar –8931, Quvasoy shahar –2257, Marg`ilon shahar –6002, Farg`ona shahar –12735.

Murojaatlarning aksariyat qismini uy-joy olish, uy-joy qurish uchun er ajratish, uy-joylarning ta`mirlashga muhtojligi, sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo`jalik sudlarida ishlarning ko`rilishi hamda sud qarorlarining ijrosi, bank-moliya masalalari, moddiy yordam, pensiya ta`minoti hamda bolalar nafaqasini olish, mehnat va bandlik, fuqarolik, pasport olish va propiska masalalari bo`yicha kelib tushmoqda.

Farg`ona viloyatiga uyushtirilgan mazkur sayyor qabullarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan fuqarolarning turli mazmundagi 400 ga yaqin murojaatlari ko`rib chiqilib, ularning 85 foiziga yaqini joyida hal etildi.

Misol uchun, Rishton viloyatida istiqomat qiluvchi S.Razikova ko`krak bezi saratoniga chalinganligini ma`lum qilib, qimmatbaho dori-darmon vositalarini harid qilishda moddiy yordam ko`rsatishni so`rab murojaat etdi. Ushbu masalani tezkorlik bilan hal etish Sog`liqni saqlash vazirligi vakillariga topshirildi.

Ko`qon shahrida yashovchi X.Sharapova nabirasi S.Mamajonova Rossiyaning Qozon shahrida joylashgan tibbiyot oliygohida ta`lim olishini ma`lum qilib, uning tahsilini Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialiga ko`chirishda amaliy yordam ko`rsatishni so`radi. Mazkur masalani o`rganish va ijobiy hal etish tegishli vazirliklar hodimlari topshirildi.

Sayyor qabullar yakunida ko`rib chiqilgan barcha murojaatlar bo`yicha viloyat, shahar va tuman darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli ko`rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar