Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos yakshanba kuni Mokoa shahrini sel bosishi oqibatida 254 nafar odam halok bo`lganini tasdiqladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur raqamni Qizil xoch jamiyati ma`lum qilganda, Kolumbiya hukumati uni 207 nafar odam halok bo`ldi, deb kamaytirib ko`rsatgan edi.
“Menga qurbon bo`lganlar soni 254 taga etgani haqida ma`lumot berildi. Halok bo`lganlarning oila a`zolariga ta`ziya izhor qilaman. Mokoa shahrining iqtisodini tiklash uchun 1, 2 milliard peso (415 ming AQSh dollari) mablag` ajratildi. Yaqin 10 kun ichida tabiiy ofatdan zarar ko`rgan shahar elektroenergiya bilan ta`minlanadi ”, deb yozdi Santos o`zining Tvitter mikroblogida.
Fojia shanbadan yakshanbaga o`tar kechasi ro`y berdi. Kuchli yomg`ir oqibatida Mokoa, Sangoyako va Mulatos daryolari qirg`og`idan toshib, sel oqimini yuzaga keltirdi. Prezident mamlakatga milliy tibbiy ofat tartibini kiritdi.






