AsosiyJamiyat

​“Umra-2017” Bahor mavsumi ziyoratchilarining so`nggi guruhi umra safariga uchib ketdilar

'​“Umra-2017” Bahor mavsumi ziyoratchilarining so`nggi guruhi umra safariga uchib ketdilar'ning rasmi

1 aprel kuni o`zbekistonlik ziyoratchilarning Bahor mavsumidagi oxirgi 220 nafardan iborat guruhi umra safariga uchib ketdilar. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Xalqaro aloqalar bo`limi xabar berdi.

Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari kuzatib qoldilar.

Bahor mavsumida jami 5498 nafar fuqarolarimizning Toshkent – Jidda – Toshkent yo`nalishi bo`yicha 24 ta charter aviareyslarda safarlari tashkil etilmoqda.

Bugungi kunga qadar fuqarolarimizdan 4123 dan ziyodasi umra amallarini bajarib, sog`-salomat mamlakatimizga qaytib keldilar hamda 1360 nafari muqaddas zaminlarda o`z ibodatlarini davom ettirmoqdalar.

Ziyoratchilarga mavsum davomida o`zbekistonlik 8 nafar ishchi guruhi, 107 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 27 nafar shifokor va 8 nafar oshpaz xizmat ko`rsatmoqda.

Bahor mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etib, ular Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo`ladilar.

Ziyoratchilarimizning so`nggi guruhi Vatanimizga joriy yilning 11 aprel kuni qaytib keladilar.

Boshqa yangiliklar