AsosiyDunyo

​Dubay shahzodasi qumga tiqilib qolgan yuk mashinasiga yordam berdi (Video)

'​Dubay shahzodasi qumga tiqilib qolgan yuk mashinasiga yordam berdi (Video)'ning rasmi

Shahzoda o`zining Mercedes-Benz avtomobili va traktor bilan qumga botib qolgan yuk mashinasining chiqishiga yordam berdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Dubay amirining o`g`li va taxt vorisi bo`lgan shahzoda Hamdan ibn Muhammad al-Maqtum qumga botib qolgan yuk mashinasining haydovchisiga yordam berdi. Bunga arab OAVlari e`tibor qaratdi.

Shahzoda tros yordamida qumga botgan yuk mashinasini o`zining Mercedes-Benz avtomobili va traktorga bog`ladi. Ip bir necha marta uzilib ketdi, ammo shunga qaramay, yuk mashinasi qumdan chiqarildi.

Shahzoda Hamdan ibn Muhammad al-Maqtum shayx Muhammad ibn Rashid al-Maqtumning ikkinchi o`g`li bo`lib, xayriya ishlari bilan shug`ullanib keladi. Shahzodaning Instragram sahifasini besh milliondan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni “Ming bir kecha”dagi Oloviddinga qiyoslashadi.


Boshqa yangiliklar