Sankt-Peterburg metrosida sodir bo`lgan terakt oqibatida 10 kishi halok bo`ldi. 30 dan ortiq kishi yaralandi, olti nafari og`ir ahvolda.
Qo`lbola bomba kunning qoq o`rtasida portlab ketdi. Keyinroq yana bir portlovchi moslama metroning boshqa bekatidan topildi. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda, metro yopiq.
Shaharda motam e`lon qilingan.






