AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deya xabar beradi O`zA.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti

Vladimir Putin Janobi Oliylariga

Muhtaram Vladimir Vladimirovich!

Sankt-Peterburg metrosida ro`y bergan portlash oqibatida insonlar halok bo`lgani haqidagi xabar meni chuqur qayg`uga soldi.

Mening chuqur ta`ziyamni qabul qilgaysiz. Halok bo`lganlar va jabrlanganlarning oila a`zolari va yaqinlariga mening chuqur hamdardligimni etkazishingizni so`rayman.

Qayg`u bilan,

Shavkat MIRZIYoEV,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Boshqa yangiliklar