AsosiyDunyo

​Sankt-Peterburgdagi terakt qurbonlari soni 14 taga etdi

'​Sankt-Peterburgdagi terakt qurbonlari soni 14 taga etdi'ning rasmi

3 aprel kuni Sankt-Peterburg shahar metrosida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 14 taga etdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi sog`liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova ma`lumot berdi: “Bugun 14 kishining o`limi qayd etildi, 11 kishi voqea joyida qurbon bo`ldi, 3 kishi hayot uchun xavfli bo`lgan tan jarohati olganligi tufayli kasalxonada vafot etdi”.

Uning xabar berishicha, 49 nafar jabrlangan odam Peterburg shahar kasalxonalariga yotqizilgan.

3 aprel kuni Moskva vaqti bilan 14.40 da Sankt-Peterburg shahar metrosidagi “Sennaya ploshad” va “Texnologicheskiy institut” metro bekatlari oralig`ida poezd vagoni ichida portlash yuz berdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, terakt oqibatida 11 kishi voqea joyida halok bo`ldi. Tergov qo`mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atdi.

Rossiya federal xavfsizlik xizmatining dastlabki taxminiga ko`ra, teraktni asli Qirg`izistonning O`sh shahrida tug`ilgan, ayni paytda Rossiya fuqarosi bo`lgan 1995 yilda tug`ilgan Akbarjon Jalilov amalga oshirgan. Maxsus xizmat vakillari Sankt-Peterburg shahar metrosida sodir etilgan teraktda DAISh a`zolarining ishtiroki bor-yo`qligini o`rganmoqda.

Boshqa yangiliklar