1

​Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida qaror imzolandi

Jamiyat 04.04.2017, 21:22
Teglar: Qaror, Prezident, Kamolot
​Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida qaror imzolandi

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi. Qaror matni O`zAda e`lon qilindi.

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag`rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an`analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish dasturi ma`qullandi.

Bosh vazir A.Aripov boshchiligidagi ishchi guruhga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida yuqori saviyada o`tkazishni tashkil etish topshirildi.

Qarorga ko`ra, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a`zolariga moddiy, ma`naviy va boshqa turdagi yordamlar ko`rsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va ko`nglini ko`tarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifi tashkil etiladi.

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish davomida 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ko`rsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar o`rtasida tushuntirish, targ`ib va tashviq etish bo`yicha madaniy-ma`rifiy va vatanparvarlik yo`nalishidagi tadbirlar o`tkazilishi belgilandi.

1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi, “Nuroniy” jamg`armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “O`zbekkonsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirish topshirildi.

Qarorga ko`ra, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozisiyalar installyasiyasi, jumladan, urush yillari qo`shiq va musiqalari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bog`liq tadbirlar tashkil etiladi hamda ko`cha va maydonlar Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan plakat va stendlar bilan bezatiladi.

O`tkaziladigan bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududida istiqomat qiluvchi 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan marosimlarga temir yo`l yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi, zarur hollarda kiyim-kechak bilan ta`minlanadi.

Mazkur tadbirlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan, Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag`lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklandi.


Sharhlar

Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
Prezident yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

07.05.2024, 14:24

Mirziyoev Vengriya, Eron, Chexiya, O`mon va Jazoirning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezidentimiz Chexiya Respublikasi O`zbekistonning Evropa...
Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1