1

​Peterburgdagi teraktda halok bo`lgan 10 kishining shaxsi aniqlandi

Dunyo 04.04.2017, 22:04
Teglar: Terakt, Rossiya
​Peterburgdagi teraktda halok bo`lgan 10 kishining shaxsi aniqlandi

Rossiya tergov qo`mitasi Peterburg metrosidagi vagon portlashi oqibatida halok bo`lgan 10 kishining shaxsini aniqladi. Bular,

Alieva Dinara Samandarovna (08.10.1996),

Arshev Maksim Vitalevich (18.08.1996),

Danilenko Oksana Gennadevna (03.10.1991),

Malyukova Kseniya Sergeevna (11.09.1998),

Medyanseva Irina Kuzminichna (06.05.1966),

Nalimov Yuriy Pavlovich (07.06.1945),

Petrov Denis Romanovich (27.12.1991),

Sagadeev Mansur Tixirovich (27.08.2000 yoki 27.03.2000),

Svistunova Angelina Sergeevna (17.02.1990),

Shekina Larisa Grigorevna (02.06.1950).

Qolgan to`rt kishining shaxsini aniqlash uchun genetik ekspertiza talab qilinadi, sababi ularning ko`rinishiga qarab aniqlashning imkoni yo`q.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 49 nafar jabrlanganlar kasalxonalarda qolmoqda.

Eslatib o`tamiz, 3 aprel kuni Peterburg metrosining “Sennaya ploshad” va “Texnologicheskiy institut-2” stansiyalarida portlash sodir bo`ldi.

Keyinroq “Ploshad Vosstaniya” bekatida ham qo`lbola portlash moslamasi aniqlandi, ushbu portlashning oldi olindi. Tergov qo`mitasi terakt yuzasidan ish qo`zg`adi, ammo portlashning boshqa talqinlari ham o`rganiladi. TQ tahminiy hudkushning shaxsini aniqladi — u 1995 yilda tug`ilgan qirg`izistonlik Akbarjon Jalilov ekanligi tahmin qilinmoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q. Hozircha bu haqda rasmiy idoralar ma`lumot taqdim etishmadi.

Sharhlar

Rossiyadagi eri bilan janjallashgan ayol farzandlarini kaltakladi. Onaga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

15.07.2023, 09:45

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga...
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
Daniyalik siyosatchi Rossiyadagi elchixona oldida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi

30.01.2023, 12:54

Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...
Rossiya va O`zbekiston bilan gaz ittifoqi qurish masalasi muhokama qilinmadi — Qozog`iston Energetika vazirligi

13.12.2022, 11:03

Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1