Ispaniya chempionati 30-turidan o`rin olgan ikkita o`yin bo`lib o`tdi. “Atletiko Madrid” o`z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona golga 29-daqiqada himoyachi Filipe Luis mualliflik qildi. Mazkur g`alabadan keyin “matraschilar” uchinchi o`rin uchun kurashni yanada kuchaytirdi.
Yana bir o`yinda “Vilyarreal” safarda “Betis” mehmoni bo`ldi. Mazkur o`yinda ham kichik hisob qayd etildi. Adrianning goli “sariq suvosti kemasi”ga g`alaba keltirdi.
Atletiko – Real Sosedad – 1:0 (1:0)
Gol: Luis Filipe 29
Atletiko: Oblak, Xuanfran, Godin, Savich, Luis Filipe, Gabi, Koke, Niges, Karrasko, Grizmann (Korrea 72), Torres (Ximenes 84).
Real Sosedad: Ruli, Martines, Bershiche, Navas, Zubeldiya, Prieto (Oyarzabal), Granero (Xuanmi 76), Kanales, Odriosola (Elustondo 38), Vela, Villian.
Ogohlantirishlar: Ruli 60, Bershiche 61, Zubeldiya 62, Navas 67,
Betis – Vilyarreal 0:1
Gol: 0:1 – 47 Adrian.
Betis – Adan, Pesselya, Toshka (Alegriya, 78), Durmisi, Bruno Gonsales, Pardo, Brashanas (Donk, 77), Sebalos, Pichchini (Sanches, 54), Ruben Kastro, Sanabriya.
Vilyarreal – Fernandes, Musakko, Xose Anxel, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos, Rodri Ernandes, Soriano (Soriano, 68), Kastilexo, Sansone (Bakambu, 64), Adrian (Kosta, 85).
Ogohlantirishlar: Brashanas (39), Ruis (66), Dos Santos (70), Durmisi (73).






