Amerikalik aktyor Chak Norris Texas shtati senatining “Faxriy texaslik” unvoniga sazovor bo`ldi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri
Taqdirlash marosimi 4 aprel kuni Texas shtati yuqori palatasining kundalik sessiyasi jarayonida bo`lib o`tdi. Senatda 77 yoshli kino va televidenie aktyori Chak Norrisning nafaqat san`atda muvaffaqiyat qozongani, balki urush veteranlari va bolalarga bag`ishlab o`tkaziladigan xayriya aksiyalaridagi faol ishtiroki, ularga ko`rsatayotgan yordami ham ta`kidlab o`tildi.
2011 yilda Chak Norris teleseriallardan birida o`ynagan Kordell Uoker roli uchun Texas shtatining “Texas reynjeri” rasmiy unvoniga ega bo`lgan edi.
10 mart kuni Chak Norris 77 yoshga to`ldi.
Chuck Norris, who was born in OKLAHOMA is on the Senate floor. The chamber has voted to make him an honorary Texan. #txlege pic.twitter.com/4TCXoYlv62
— Jim Malewitz (@Jmalewitz) 4 aprelya 2017 g.