O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxonning uzoq yillik orzusi ikki barobar bo`lib amalga oshdi. Xonanda qo`shig`iga hamisha navqiron Samarqandda tarixiy klip suratga oldirish istagining ro`yobi, yana bir niyatini ushalishiga to`g`ri keldi.
Aniqrog`i, Sardor Rahimxon ijrosidagi “Bibixonim” qo`shig`iga suratga olingan klip taqdimoti aynan 9-aprel — Cohibqiron Amir Temur tavalludi kuni bo`lib o`tadi. Bunday sovg`a hali biror xonanda ijodida kuzatilmagan edi. Eslatib o`tamiz, klip rejissyori Sanjar Matkarimov. Bibixonim rolini esa aktrisa Yulduz Rajabova talqin qilgan.