1

​Talaba minbari: “Maqsadi borning ertasi bor!”

Jamiyat 05.04.2017, 15:15
Teglar: Talaba
​Talaba minbari: “Maqsadi borning ertasi bor!”

“Nima xohlayotganini bilmaydigan inson topgan narsasini qadriga etmaydi…”. Dono so`zlar, shunday emasmi? Darhaqiqat, inson erishgan yutuqlariga quvonishi, Yaratganga shukronalar aytishi uchun avvalambor unda maqsad bo`lishi kerak. Ana o`sha maqsadi amalga oshsagina, hayotning naqadar yoqimli lahzalarga boy ekanligini anglab boraveradi. Aslida, nima xohlayotganini to`laligicha aniqlab olish murakkab. Ba`zida nimalarnidir niyat qilib, intilamizda, xohish-istaklarimiz ro`yobga chiqqanidan so`ng haqiqiy maqsadimiz bu bo`lmaganligini anglab qolamiz. Ana shunday vaziyatlar insonga maqsadni to`g`ri qo`yish kerakligini, xohish-istak boshqa-yu, haqiqiy maqsad boshqa ekanligini o`rgatadi.

Kichkintoylardan “katta bo`lsang kim bo`lishni xohlaysan?”, deb so`rasangiz, bir kuni uchuvchi deyishsa, ertasi kuni harbiy bo`laman degan javobni eshitasiz. Chunki ularning hayot haqidagi tasavvurlari endigina rivojlanib kelayotgan, kasb-hunar haqidagi tushunchalari kundan-kunga o`zgarib, sayqallanib borayotgan davr bo`ladi. Ular bugun televizordagi qo`shiqchiga havas qilib san`atkor bo`lishni xohlasalar, ertaga o`qituvchilariga mehr qo`yib, murabbiy bo`lishni istab qolishadi. Bu kabi holatlar bola dunyoqarashini o`sib borishi va bora-bora aniq bir kasbni tanlab, mutaxassis bo`lishga harakat qilishlari uchun zamin yaratadi. Ammo, bugungi kunda uchrab turadigan yana bir holat bor-ki, unga nisbatan biz “ha, bu ham normal holat, hali bir kun kelib o`z maqsadini aniqlab oladi-da..” deb ayta olmaymiz. Ya`ni, maktab bitiruvchilari u yoqda tursin, kasb-hunar kolleji yoki akademik liseyni tamomlash arafasida turgan yigit-qizlarning aksariyati ham negadir “kim bo`lishni xohlaysan?” degan savolga aniq javob bera olmay, qiynalib qolishmoqda. Axir ularning o`zlari biror kasbni tanlab, uning professionali bo`lishga harakat qilmasalar, hech kim ularni majburan malakali shifokor yoki o`qituvchi qilib qo`ya olmaydiku.

Aynan shu masala yuzasidan bir voqeani bayon etsak: “Sojida yoshligidan ilm olishga mehr qo`ygan, tirishqoq o`quvchi bo`lib kelgan. Barcha fanlardan a`lo baholar olib, sinfning uddaburon o`quvchilaridan biri deya e`tirof etiladigan Sojida bitiruvchi sinf bo`lsa hamki nima uchundir aniq bir sohani tanlay olmay arosatda qiynalib qoldi. Ota-onasi “o`z ko`nglingga qara, qaysi sohada kelajagingni tasavvur qilsang ana shuni tanla”, deb maslahat berishlariga qaramasdan qizcha shifokorlik yoki huquqshunoslik kasblaridan birini tanlay olmay ikkilanmoqda. Maktabni bitirgach, bir qarorga keldim deya huquqshunoslik sohasiga oid kollejga kirdi, ammo bu soha ham unda qiziqish uyg`ota olmayotganidan noligani-noligan. Ota-ona ham hayron, negaki farzandlari oliy ta`lim sohasiga qadam qo`yadigan vaqti ham tobora yaqinlashib bormoqda, Sojida esa hali ham o`zidan qanday kasb egasi chiqishini bilmay, boshi qotgan .”

Bugungi kunda ko`p uchrab turadigan voqealardan biri, shunday emasmi? Ushbu masalaning bir necha jihatlari borki, ularni birma-bir tahlil etib ko`rmoq lozim. Birinchidan, Sojida yoshligidan ilmga mehr qo`ygan deya e`tirof etilganiga qaramasdan, u fanlarni o`zlashtirishga dangasalik qilayotgani uchun ham aynan qaysi sohani tanlashni bilmay ikkilanayotgan bo`lishi mumkin. Yoki, har kimdan turli maslahat eshitaverganidan so`ng yanada mushkul tanlovga tushib qolgan bo`lishi ham ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatda eng to`g`ri yo`l - bola qiziqayotgan bir necha kasblarning o`z mutaxassislari bilan farzandini suhbatlashtirish, fikr almashish va to`g`ri yo`lni ko`rsata bilishdir.

Hayotda qanday insonlar eng ko`p qiynalishadi bilasizmi? Aniq maqsadni o`zi uchun belgilab olmagan, qalbi nima xohlashini tushunmaydigan, faqatgina bugunini o`ylab yashaydigan va ertangi kunini tasavvur qila olmaydiganlar, foydali, kerakli ish qilishni xohlaydi-yu, ammo nima qilishni bilmaydiganlar qiynalishadi, azob chekishadi. Negaki, maqsadimiz bor ekan biz ertangi kunga intilamiz, umid qilamiz, harakat qilishda davom etamiz.

Insoniyatga beriladigan bir marotabalik hayotni qanday o`tkazish ko`p jihatlardan u tanlagan yo`lga, ya`ni hunariga, kasbiga borib taqaladi. Shunday ekan, bu masalaga jiddiy yondashish har bir ota-onadan, farzand, umuman jamiyatdan talab etiladi.

O`zDJTU talabasi Komila IGAMBERDIEVA

Sharhlar

2022 yildan boshlab "Mirzo Ulug`bek vorislari" respublika tanlovi o`tkaziladi

22.01.2022, 11:21

2022 yildan boshlab har yili «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi o`tkaziladi.Tanlovni o`tkazishda:I bosqich fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o`tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har...
Talabalarga temir yo`l chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

25.12.2021, 21:07

Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50...
Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

16.12.2021, 08:37

Avvalroq talabalar kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan edik. Unga ko`ra, to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar mumkin etib qo`yildi.Shuningdek, Oliy...
Ijarada yashovchi talabalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

27.09.2021, 11:07

Talabalarga ijara to`lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.Hukumat Qarori bilan Davlat oliy ta`lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to`lovining bir qismini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1