Rostov-na-Donu shahri markazida joylashgan maktab oldida portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Portlash oqibatida bir kishining barmoqlari uzildi. Nashrning xabar berishicha, fonar ichiga berkitilgan qo`lbola bomba portlagan. Aniq yashash joyiga ega bo`lmagan daydi erkak Moskva vaqti bilan soat 06:30 da paket topib olib, uning ichini tekshirganda fonar topib olgan. Fonarni yoqqanda portlash yuz bergan.
Hozirda voqea joyida huquq-tartibot idorasi xodimlari ish olib bormoqda. Maktabda darslar to`xtatilib, o`quvchilar binodan evakuasiya qilindi.