Germaniyaning Nyurnberg shahrida yashovchi 16 yoshli qiz Simona Teylor 2014 yildan beri manikyur qaychilari va tirnoq olish uchun ishlatiladigan boshqa asboblardan qo`rqadi. O`shandan beri bu qiz tirnog`ini olmaydi. Hozirda uning tirnoqlari 10 santimetr uzunlikka etgan. Maktab o`quvchisi uzun tirnoqlari unga bir qancha noqulayliklar tug`dirishini aytadi. Biroq tirnoqlarini olishga ham qo`rqadi.

Teylor uzun tirnoqlarga mehr qo`yishiga YouTube`dagi bir rolik ham sabab bo`lganini ma`lum qildi. Mazkur rolikda uzun tirnoqlarni qanday parvarish qilish borasida tavsiyalar berilgan edi. Simona kundalik yumushlarini bajarishda uzun tirnoqlari qo`l kelishi, darsda nazorat ishi yozayotganda esa ruchka tutib yozish, qizga qattiq azob berishini ma`lum qiladi.

Teylorning aytishicha, u bir marta devordan oshib o`tayotganda tirnog`ini sindirib qo`ygan. Uning o`qituvchilari har doim tirnog`ini olishini aytadi. Biroq, Simona o`z fikridan qaytmayapti.







