AsosiyDunyo
6738

​Bolasini axlat qutiga tashlagan ayol qo`lga olindi

'​Bolasini axlat qutiga tashlagan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Rossiyaning Ximki shahrida uyda bola tug`ib, chaqaloqni axlat konteyneriga tashlagan ayol qo`lga olindi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Bu haqda Rossiya IIVning Podmoskove boshqarmasi matbuot xizmati boshlig`i Tatyana Petrova ma`lumot berdi:

“Tver viloyatida yashovchi 30 yoshli ayol uyida o`g`il farzandni dunyoga keltirgan. Keyin chaqaloqni Bibliotechniy ko`chasidagi axlat konteyneriga tashlagan”.

Petrovaning xabar berishicha, chaqaloqni axlat konteyneriga tashlagan ayolning uch nafar voyaga etmagan farzandlari bor. U iqtisodiy tang ahvolda qolgani tufayli boladan qutulishga qaror qilgan.

Mahalliy aholidan biri do`konga ketayotganda axlat konteynerining ichidan chiqayotgan chaqaloq yig`isini eshitib qolgan. Chaqaloqni topib olgan erkak uni zudlik bilan yaqin o`rtada joylashgan polisiya bo`limiga olib borgan. Ayni paytda bolaning hayoti xavf ostida emas.

Polisiya xodimlari bag`ritosh onani qo`lga oldi va bolaning hayotini xavf ostiga qo`yish ayblovi bilan unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atdi. Ayni paytda qamoqda saqlanayotgan ayolga bir yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar