AsosiyDunyo

​Melaniya Tramp Xitoyning birinchi xonimi bilan 4 ming dollarlik ko`ylakda uchrashdi (Foto)

'​Melaniya Tramp Xitoyning birinchi xonimi bilan 4 ming dollarlik ko`ylakda uchrashdi (Foto)'ning rasmi

AQShning birinchi prezidenti Valentino’dan yangi qizil libos tanladi.

Oq uyda Iordaniya qiroli va qirolichasi bilan kuni kecha uchrashgan Donald va Melaniya endi Xitoy rahbari va birinchi xonimini qabul qilishdi.

Qo`shma shtatlar rahbarining turmush o`rtog`i rasmiy tadbir uchun Valentino’dan qiymati 4 ming dollar bo`lgan ko`ylak tanladi.

People jurnalining yozishicha, Xitoyda qizil rang omad timsoli sanaladi. AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama Xitoy rahbari bilan uchrashuvlarda shu rangda libos kiygan. Bundan tashqari avvallari qizil libosni Xitoy vakillari bilan Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton ham kiygan.

Donald va Melaniya Tramp Si Szinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan bilan o`zlarining Mar-a-Lago, Palm-Bich pomestesida uchrashishdi. Si Szinpin va Pen Liyuan AQShga ikki kunga kelishgan.






Boshqa yangiliklar