Ispaniya chempionati 31-turida “Barselona” jamoasi safarda “Malaga” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Anchagina qizg`in kechgan o`yinda kataloniyaliklar kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 65-daqiqadan boshlab esa “Barselona” 10 kishi bo`lib o`ynagan. Neymar ikkinchi sariqni olib maydonni tark etdi.
Mazkur turda Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida “Ateltiko” bilan bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o`ynagani haqida xabar berilgandi.
Malaga – Barselona 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 32 Sandro Ramires, 2:0 – 90 Xoni Rodriges.
Malaga – Kameni, Rosales, Lorente, Ernandes, Rikka, Xuan Karlos (Xoni Rodriges, 83), Resio, Kamacho, Fornals, Anor (Penyaranda, 67), Sandro Ramires (Sharles, 77).
Barselona – ter Shtegen, Maskerano, Umtiti, Mate (Serdji Roberto, 46), Alba, Denis Suares (Inesta, 46), Buskets, Andre Gomesh (Pako Alkaser, 61), Messi, Suares, Neymar.
Ogohlantirishlar: Alba (8), Neymar (27), Umtiti (33), Rikka (37), Resio (45), Penyaranda (69), Xuan Karlos (82), Maskerano (87).
Chetlatish: Neymar (65).