Italiya chempionati 32-turidan o`rin olgan “Yuventus” va “Kevo” jamoalari o`rtasidagi o`yin o`z yakuniga etdi. Unda turinliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
O`yinning 23 va 84-daqiqalarida Gonsalo Iguain tomonidan kiritilgan gollar turinliklarning g`alabasini ta`minladi.
Yuventus – Kevo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 23 Iguain, 2:0 – 84 Iguain.
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner (Dani Alves, 85), Bardzali, Rugani, Aleks Sandro, Markizio, Xedira, Kuadrado (Lemina, 66), Dibala, Sturaro (Bonuchchi, 72), Iguain.
Kevo – Sekulin, Kachchatore, Spolli, Sesar, Gobbi (Isko, 46), Kastro, Radovanovich, Xetemay (de Guzman, 75), Birsa, Pellisse, Medjorini (Ingleze, 67).
Ogohlantirishlar: Kachchatore (18), Spolli (55), Bonuchchi (79).






