"Paxtakor" futbol klubi muassislar o`zgargani haqida tarqatilgan xabarlar to`g`ri emasligini ma`lum qildi. Bu haqda klubning Facebook sahifasida e`lon qilindi.
“Bugungi kunda "Paxtakor" FK mas`uliyati cheklangan jamiyat hisoblanib, u 100% Toshkent shahar hokimiyati tasarrufida hisoblanadi. Turli OAVda tarqatilayotgan xabarlar esa hech qanday asosga ega emas. Ayni vaqtda "Paxtakor" FK bu xabarlar yuzasidan sudga murojaat qilish huquqiga ega.Klub barcha turdagi OAV vakillariga murojaat qiladi va Paxtakor FK haqidagi xabarlar faqatgina klub rasmiy saytida tarqatilgan taqdirda haqiqatga mos kelishini bildiradi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq milliarder Alisher Usmonov “Paxtakor” FK aksioneriga aylangani haqida xabar tarqalgandi. Keyin esa ushbu ma`lumot rasman rad etildi.






