OChL–2017 turniri “A” guruhi 4-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Istiqlol” (1:1) urashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Alirizo Mansurian ishtirok etib, uchrchashuv borasida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“Birinchi bo`limda “Lokomotiv” juda yaxshi o`ynadi va bu bizni hayratga soldi. Raqib dastlabki 15 daqiqa ichida yaxshi o`yin namoyish qilib, birinchi golni urishga muvaffaq bo`ldi. Ikkinchi bo`limda o`zimizga kelib, vaziyatlar yarata boshladik. Jismoniy tomondan “Lokomotiv”dan ustun kelganimiz tufayli hisobni tenglashtirishga erishdik. Gol urganimizdan keyin hisobni oshirishimiz mumkin edi, bunday imkoniya raqibda ham bor edi. Ammo o`yin durang bilan tugadi. O`yinchilarimning xatti-harakatidan mamnunman.
Guruhdagi vaziyatga kelsak, bu OChL guruh bosqichidagi eng qiyinlaridan biri. Ayni vaqtda barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor. Qolgan 2 o`yinda ehtiyotkorona harakat qilib, har ikkisida ham g`alaba qozonishga harakat qilamiz.
Raqibni yaxshi o`rganganmiz va standart vaziyatlarga tayyorgarlik ko`rganmiz. Biroq omad bizdan yuz o`girdi. Tehrondagi o`yinda “Lokomotiv”ga standart vaziyatdan gol urgandik. “Al-Taavon” ham “Lokomotiv”ga standart vaziyatdan gol urgandi. Ammo bugun omad biz tomonda emasdi.
Bugungi o`yinda 1 ochko oldikmi yoki 2 ochko yo`qotdikmi? Bu savolga aniq javob bera olmayman. O`yindan kelib chiqsak, 1 ochko oldik, shu bilan birga 2 ochko ham yo`qotdik. Chunki o`yin yakunida g`alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Takrorlayman, bu savolga aniq javobim yo`q”, – dedi Alirizo Mansurian.






