AsosiySport

OChL–2017. “Bunyodkor” safarda “Zob Ahan”ga mag`lub bo`ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini yo`qqa chiqardi

'OChL–2017. “Bunyodkor” safarda “Zob Ahan”ga mag`lub bo`ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini yo`qqa chiqardi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “S” guruhi 4-turida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Isfaxonda “Zob Ahan” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Foolad Shahr Stadium maydonida o`tkazilgan o`yinda eronliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondi. O`yinning 5-daqiqasida Vohid Muhammadzoda hisobni ochgan bo`lsa, 54-daqiqada Murtazo Tabrizi “Zob Ahan” ustunligini oshirdi. 72-daqiqada Shahzobdek Nurmatovning boshi bilan bergan zarbasi golga aylandi va hisob qisqardi. Ammo o`yin yakuniga qadar boshqa gol kiritilmadi va “qaldirg`ochlar” 1:2 hisobidagi mag`lubiyatni qabul qildi.

Ushbu bellashuvdan keyin “Zob Ahan” ochkolari sonini 7 taga etkazib, guruhda 2-o`ringa joylashdi. To`rtta uchrashuvda umuman ochko jamg`ara olmagan “Bunyodkor” guruhdan chiqish imkoniyatini yo`qqa chiqardi.

OChL–2017. “S” guruhi, 4-tur
Isfaxon, Eron
11 aprel, seshanba

“Zob Ahan” – “Bunyodkor” 2:1

Gollar: Vohid Muhammadzoda (5), Murtazo Tabrizi (54) – Shahzodbek Nurmatov (72)

Ogohlantirish: Otabek Shukurov (71)

“Zob Ahan”: Muhammadrashid Mazaheri, Ali Hamam, Muhammad Najadmehdi, Vohid Muhammadzoda, Mehron Derakshan, Rizo Husayni (Hagverdi, 90), Danial Esmoilfar, Mahdi Mahdipur, Ehson Pahlavon, Murtazo Tabrizi, Jerri Bengtson (Mehdi Rajabzoda, 82).

“Bunyodkor”: Murod Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Mirabdullaev, Dilshodbek Ahmadaliev, Dushan Michich (Dostonbek Hamdamov, 46), Sardorbek Azimov, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 57), Otabek Shukurov, Xurshid G`iyosov, Eldor Shomurodov.

Boshqa yangiliklar