“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatining uchta o`yiniga diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda Marca nashri ma`lum qildi.
Ispaniya futbol federasiyasi Tartib-intizom qo`mitasi Neymarni “Malaga”ga qarshi (0:2) o`yin vaqtidagi qo`polligi uchun bir o`yinga, zaxira hakamiga istehzoli qarsak chalib maydondan chiqib ketgani uchun ikki o`yinga chetlatdi.
Shu tariqa, Neymar “Osasuna”, “Real Sosedad” va “Real”ga qarshi o`yinlarni qo`yib yuboradi. Kataloniyaliklar mazkur qaror yuzasidan Ispaniya futbol federasiyaga shikoyat arizasini berishi kutilmoqda.






