Evropa chempionlar ligasi chorak finalidan o`rin olgan “Borussiya D” – “Monako” uchrashuvi kecha bo`lib o`tishi kerak edi.
Ammo mezbonlarning avtobusida portlash yuz bergani sababli o`yin bugun bo`lib o`tadi. Ma`lum bo`lishicha, portlash oqibatida “Borussiya D” futbolchi Mark Bartra jarohat olgan.
Uning qo`liga oyna siniqlari kirgan va u operasiya qilindi. Ayni vaqtda Bartraning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.