O`zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi 2 va 4 may kunlari Toshkentda Ozarbayjon qizlariga qarshi o`rtoqlik o`yinlari o`tkazadi.
Mazkur o`rtoqlik o`yinlari o`zbekistonlik futbolchi qizlar uchun U-19 Osiyo chempionati–2017 musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.
Eslatib o`tamiz, qizlar o`rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 musobaqasi 14–28 oktyabr kunlari Xitoyda bo`lib o`tadi.
Turnir yakuniga ko`ra 1–3 o`rinlarni egallagan terma jamoalar ayollar o`rtasidagi U-20 Jahon chempionati–2018 yo`llanmasiga ega bo`ladi.