Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova o`zining shaxsiy atelesi va kiyimlar do`konini ochgani haqida xabar bergan edik. Shahzoda “Sayyod.com” nashriga bergan intervyusida atelesida tikiladigan liboslarning narxlariga to`xtalib o`tdi.
“Atelemizda oqshom liboslari 500 ming so`mdan boshlanadi, 3 million so`mgacha. To`y liboslari esa 1 milliondan boshlanadi. Bizda kiyimlar ijaraga berilmaydi. Har bir mijoz uchun alohida eskiz chiziladi va tikiladi. Kiyimlar narxi uning mehnatiga qarab belgilanadi”,—deydi Shahzoda.
Aktrisa shuningdek, butik-atelesida Xitoy va Dubaydan keltirilgan kiyim-kechaklar ham sotilishini ma`lum qildi.