AsosiyDunyo

​Dubay haqida siz bilmagan 11 ta ajoyib fakt

'​Dubay haqida siz bilmagan 11 ta ajoyib fakt'ning rasmi

Dubay – sayyohlar uchun haqiqiy jannat hisoblanadi, deb xabar beradi Onedio.ru nashri.

Bu erda shoppingni amalga oshirish, me`morchilik majmualari va osmono`par binolarni tomosha qilish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga Dubayda eng ulkan gulzor va dunyodagi eng katta akvarium bor. Dubay haqida ko`proq ma`lumotga ega bo`lishni istasangiz, quyidagi ma`lumotlar bilan tanishing!

1. Mahalliy aholi Dubay ahlining 20 foizini tashkil etadi.


2. 1991 yilda Dubayda yagona osmono`par bino mavjud bo`lgan bo`lsa, hozirda ularning soni 400 tadan oshgan.


3. Dubayda hukumat har bir kilogramm vazn yo`qotgan odamga 2 grammdan oltin beradi!


4. Dubayda uyga pissa buyurtma qilish uchun muzlatkichga yopishtirib qo`yilgan ohanrabo (magnit)ni bosish kifoya.


5. Dubayda polisiyachilar Lamorghini, Ferrari va Bently avtomobillarida yurishadi. Chunki mazkur avtomobillarda ulardan qochgan odamni quvib etish oson bo`ladi.


6. Avtomobil raqami bu erda mashina egasining amali, unvoni haqida ma`lumot beradi. Raqamlarni 14 million dollardan ortiq mablag`ga sotib olish mumkin. Bir xonali sonlardan iborat avtomobil raqamlari juda qimmat turadi. Ikkinchi o`rinni ikki xonali sonlardan iborat raqamlar egallaydi.


7. Bu erda ba`zi bir bankomatlardan oltin olish mumkin.


8. Dubay yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismini 22 milliard dollar daromad keltiruvchi mahalliy aeroport ta`minlaydi.


9. Dubayda 4 645 152 kvadrat metrni tashkil etuvchi, iqlimi nazorat ostida bo`lgan “shahar ichida shahar” qurilmoqda.


10. Dubayda minglab eng zo`r, so`nggi rusumdagi avtomobillar shunchaki ko`chalarga tashlab ketiladi.


11. Dubayda qonun tomonidan taqiqlanganligiga qaramay, ekzotik hayvonlarni boqish urfga kirgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar