Shifokorlar kasalni davolagandan ko`ra oldini olgan yaxshi deyishadi. Xalq tabobatida ham kasalliklarni oldini olish uchun ko`pgina dorivor damlamalar tavsiya etiladi. Turli o`sma kasalliklarni oldini olish uchun taomnomangizda doimiy bo`lishi kerak bo`lgan mahsulotlar haqida shifokor onkolog-mammolog Shahlo Azizova maslahatlariga quloq tutamiz.
1. Zaytun yog`i. Bir kunda 1 qoshiq iste`mol qilish etarli.
2. Ko`k choy. 10 daqiqa damlab qo`yib, kuniga 2-3 marta ichiladi.
3. Zanjabil ziravori. Ovqatga qora murch bilan birgalikda ishlatiladi, bo`lmasa hazm bo`lmaydi. Kuniga bir chimdim ishlatish kifoya.
4. Quritilgan, muzlatilgan olcha, malina, qorag`at (chernika)ni ko`p iste`mol qilish lozim.
5. Olxo`ri, shaftoli, o`rik mevalarini tez-tez iste`mol qilish.
6. Sabzavotlar, karamning barcha turlari ayniqsa dimlab pishirilgani juda foydali.
7. Sarimsoq va piyozni kuniga xomligicha yoki zaytun yog`ida engil qovurib esa xam bo`ladi.
8. Qo`ziqorin. Turli xillarini iste`mol qilish mumkin.
9. Qora shokolad. Ayniqsa tarkibida kakao miqdori 70 foiz bo`lgani foydali, sutli shokolad bundan mustasno.
10. Pomidor. Zaytun yog`ida dimlangani juda foydali.
Qanday mahsulotlarni kamroq iste`mol qilgan ma`qul?
Qaysi mahsulotlardan ko`proq?
Ro`zg`orda ishlatiladigan kimyoviy vositalarga ham ehtiyot bo`ling!
Bulardan voz kechgan ma`qul
1. Alyuminiy qo`shimchali dezodorantlar va antipersperantlar
2. Gormon, paraben va ftolatlar qo`shilgan kosmetik vositalar: shampun, tirnoq bo`yog`i, soch bo`yog`i, ko`piklar, quyoshdan saqlovchi kremlar.
3. Hasharot va kemiruvchilarga qarshi vositalar.
4. Plastik idishlar.
5. Teflon qobig`i shikastlangan tovalar.
6. Maishiy tozalaydigan va yuvuvchi moddalar.
7. Tarkibida ftolatlar bor atirlar

O`rniga quyidagilarni ishlatishingiz mumkin
1. Paraben va ftalatlar bo`lmagan, tabiiy kosmetika.
2. Takibida efir yog`lari va borat kislota bor vositalar.
3. Shisha va keramikadan tayyorlangan idishlar.
4. Teflon qobig`i shikastlanmagan idishlar.
5. Ekologik toza maishiy tozalovchi kukunlar va vositalar.
Feruza NAJIMOVA tayyorladi






