AsosiySport

Joze Manuel: 4 ta gol kiritganimizga qaramay, g`alaba qozonmaganimizdan xafaman

'Joze Manuel: 4 ta gol kiritganimizga qaramay, g`alaba qozonmaganimizdan xafaman 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turida O`zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “Al Tavun” jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy kechgan o`yinda 4:4 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

O`yindan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida arab jamoasi ustozi Joze Manuel Gomesh quyidagicha fikr bildirib o`tdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

“Uchrashuv fantastik ruhda va shiddat ostida kechdi. Har ikki jamoa vakillari ham ajoyib o`yin namoyish etdi. Murabbiy sifatida shogirdlarim o`yinidan ko`nglim to`ldi, desam bo`ladi. Zero biz juda kuchli jamoaga qarshi bahs olib bordik. 4 ta gol kitirganimizga qaramay, g`alaba qozonamaganimizdan xafaman.

“Lokomotiv” maydonida raqib jamoalar gol kiritishga qiynalishadi. Buni oldingi uchrashuvlarda ham ko`rdik. “Al Ahli” ham, “Istiqlol” ham bu borada qiyinchilikka duch kelishgandi. Biz esa naqd 4 bor raqib darvozasini ishg`ol etishga muvaffaq bo`ldik.

Men “Al-Tavun”da ishlashni boshlaganimdan buyon bitta uchrashuvda bir necha bor 4 tadan gol kirita oldik. Aytmoqchimanki, men ochiq va tajovuzkor futbolni juda xush ko`raman va jamoamga shuni singdirishga urinaman. Yigitlar mening ko`rsatmalarimni bajara olishayotganidan xursandman”, – dedi “Al-Tavun” ustozi.

Boshqa yangiliklar