“Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Deportivo”ga qarshi (6:2) kechgan o`yindan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“Ko`plab vaziyatlarga ega bo`ldik va o`zimiz uchun kerakli 3 ochkoni qo`lga kiritdik. Barcha futbolchilarimning o`yinidan qoniqish hosil qildim. Isko va Xames gol urganidan mamnunman.
Aytish kerakki, butun jamoa yaxshi o`yin ko`rsatdi.Futbolchilar yaxshi formada va doim o`ynashga tayyor. Endi mening muammoyim bor: qanday qilib futbolchilarga keyingi o`yinda maydonga tushmaslikni aytish.
Tarkibdagi hamma futbolchi bizga kerak. Isko ajoyib o`yin namoyish qildi. U kabi futbolchilar juda kam. Muxlislar ham unga yaxshi munosabatda bo`lmoqda”, – dedi Zinedin Zidan.






