IShID va “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotlari hamkorlikni yo`lga qo`yib, ittifoq tuzishga harakat qilmoqda, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Bu haqda Jamoaviy xavfsizlik haqidagi Kelishuv tashkilotining bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Valeriy Semerikov ma`lumot berdi.
“Agar terrorchilik tashkilotlari birlashadigan bo`lsa, dunyoda terrorizm xavfi battar avj oladi. Suriya va Iroqda hech narsaga erisha olmagan jangarilar Afg`oniston hududiga intilib, uni terrorizm maydoniga aylantirishga harakat qilmoqda. Agar bu ish amalga oshadigan bo`lsa, Afg`onistonda vaziyat battar og`irlashadi”, deb ta`kidladi Semerikov.
Jamoaviy xavfsizlik haqidagi Kelishuv tashkiloti Armaniston, Belorus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarini o`z ichiga oladi.