1

Alisher Uzoqov yangicha yo`nalishda komediya suratga oladi

Shou-biznes 03.05.2017, 16:12
Teglar: Aktyor, Kinematografiyani rivojlantirish Markazi
Alisher Uzoqov yangicha yo`nalishda komediya suratga oladi

Bugun Toshkentda bo`lib o`tgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining ochilish marosimida juda ko`p san`at namoyondalari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar orasida aktyor Alisher Uzoqov ham bor edi, fursatdan foydalanib Darakchi.uz nashri jurnalisti uni suxbatga tortdi hamda yangi markaz haqidagi tassurotlari bilan qiziqdi.

“Markaz ochilishidan xabarim bor edi, bugun bu erda kino sohasidagi barcha muammolar va ularga echimlar aytib o`tildi. Endilikda oldinda turgan eng asosiy vazifa bu rejalarni amalga oshirilishi, ya`ni natijadir. Men ana shu rejalar va maqsadlar amalga oshishini tilab qolgan bo`lardim.”

O`zining kinofaoltiyatida amalga oshirayotgan ishlari bilan qiziqqanimizda aktyor ayni damda komediyaning yangi yo`nalishida film suratga olish arafasida ekanligini aytib o`tdi.

“Ancha oldin kinossenariy yozib qo`ygandim, shu oydan uni suratga olish ishlariga kirishmoqchiman. Anchadan buyon kino olganim yo`q. Ushbu film ssenariysini to`rt marotaba qayta yozib chiqdim. Film yangi yo`nalishdagi komediya janrida suratga olinadi. Kinoning qay darajada chiqqanini esa tomoshabinga havola etgandan so`ng bilamiz.”

Yangi filmning nomi “Muzlagan” bo`lib, uni aktyor hamda rejissyor Alisher Uzoqov joriy yilning yangi mavsumida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Filmda rollarni Alisher Uzoqovning o`zi hamda Adiz Rajabov ijro etadi. Qolgan aktyorlar jamoasi endi shakllantirilmoqda.

Sharhlar

Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​BORIS G`OFUROV OTASI BILAN ALOQASI UZILGANI VA 40 YoShDA OILA QURGANI HAQIDA(EKSKLYuZIV)

26.07.2017, 15:43

Shunday aktyorlar borki, ularni ekranda ko`p ko`rmasak-da, ijro etgan rollari bilan yodimizda saqlanib qolishadi. Baxtiyor G`afurov. O`zbek tomoshabinlari uni ko`proq Boris G`afurov sifatida tanishadi. Spektakl,...
​“IShDAGI IShQ” FILMI QAHRAMONLARI BUGUNGI KUNDA(FOTO)

11.07.2017, 15:07

Barchamiz birdek sevib tomosha qiladigan “Ishdagi ishq” filmining suratga olinganiga 40 yildan oshdi. Biroq, mazkur film hamon sevimli, undagi qahramonlar qadrli...Sevimli kinokartinamizda rol ijro etgan...
​YoQUB AHMEDOV. AKTYoR BO`LIShNI ISTAGAN FUTBOLChI

11.07.2017, 14:10

Uchrashuvimiz mehmonini kinodagi katta-kichik rollari orqali yaxshi taniysiz. San`atga kirib kelguniga qadar esa u sportchi bo`lgan. So`zimiz chin. Jarohat olmaganida ehtimol bugun aktyor emas, futbolchi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1