Osiyo futbol konfederasiyasi OChL–2017 turniri “B” guruhi 6-turidan o`rin olgan “Lahviya” (Qatar) – “Al-Fotih” (Saudiya Arabistoni) uchrashuviga rasmiylarni tayinladi.
O`zbekistonlik FIFA va OFK referisi Farhod Abdullaev ushbu o`yinda hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Bo`lajak o`yinda quyidagi rasmiylar ishlaydi:
Bosh hakam: Adham Muhammad Tumah (Iordaniya)
Qanot hakamlari: Ahmad Muannas va Iso Mahmud al-Amaviy (ikkalasi Iordaniya)
Zaxira hakami: Ahmad Faizal Muhammad Alali (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Gutam Kar (Hindiston)
Hakamlar nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O`zbekiston)
Ma`lumot uchun, “Lahviya” va “Al-Fotih” klublari o`rtasidagi o`yin 9 may kuni Doha shahridagi Abdullah Bin Khalifa stadionida o`tkaziladi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 18:30 da boshlanadi.






