Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a`zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 586 ochko bilan 60-o`rinni saqlab qoldi.
O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, O`zbekiston Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo terma jamoalar orasida hamon 6-pog`onada bormoqda. Umuman olganda, Osiyo mintaqasida dastlabki 10 ta o`rin o`zgarishsiz qolgan.
1 (28). Eron – 820 ochko;
2 (43). Janubiy Koreya – 691 ochko;
3 (44). Yaponiya – 629 ochko;
4 (50). Avstraliya – 622 ochko;
5 (52). Saudiya Arabistoni – 610 ochko;
6 (60). O`zbekiston – 586 ochko;
7 (74). BAA– 453 ochko.
8 (80). Suriya – 426 ochko;
9 (81). Xitoy – 425;
10 (89). Qatar –369 ochko.
FIFA reytingida Braziliya 1672 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o`rinni Argentina (1603 ochko) egallab turgan bo`lsa, uchinchi o`rindan Germaniya (1464 ochko) joy olgan. Jadvalda 4–10-o`rinlarni tegishli ravishda Chili, Kolumbiya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Shveysariya va Ispaniya terma jamoalari egallagan.






