1

​Inha universitetida yangi markaz ish boshladi

Jamiyat 05.05.2017, 14:30
Teglar: Universitet, Oliy ta`lim muassasalari
​Inha universitetida yangi markaz ish boshladi

Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi “IUT-Skyline” texnologiya markazining taqdimoti bo`lib o`tdi. Markaz oliy o`quv yurti talabalarining loyiha va ishlanmalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, deb yozadi O`zA.

Markaz axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, talabalarning istiqbolli loyiha va g`oyalarini amalga oshirish, ularni zamonaviy dasturiy ta`minot mahsulotlari ishlab chiqishga jalb etish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti va “Skyline” kompaniyasi o`rtasida imzolangan o`zaro anglashuv memorandumi ijrosi doirasida tashkil etildi.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universitetida professor-o`qituvchilar malakasini, ta`lim tizimi sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning ijodiy va ixtirochilik faoliyatini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, yosh o`qituvchi va ilmiy xodimlar xorijdagi etakchi oliy ta`lim muassasalari, jumladan, Janubiy Koreyada bilim va malakasini oshiradi.

Shuningdek, universitetda “Microsoft” korporasiyasining zamonaviy kompyuter uskunalari va dasturiy ta`minot bilan jihozlangan, so`nggi operasiya tizimlari va ofis dasturlarida ishlash ko`nikmasini egallashga xizmat qiladigan o`quv xonasi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur oliy o`quv yurti “Skyline” kompaniyasi bilan hamkorlikda talabalarning innovasion g`oyalarini qo`llab-quvvatlash maqsadida yangi loyihani amalga oshirmoqda. “IUT-Skyline” texnologiya markazi ham ushbu loyiha doirasida tashkil etildi. Universitet talabalari o`z g`oya va loyihalarini amalga oshirishda markaz mutaxassislaridan amaliy yordam so`rash, maslahat olish va ularni baholash uchun markazga murojaat qilishi, “Skyline” kompaniyasining zamonaviy dasturiy ta`minot mahsulotlarini ishga tushirish va optimallashtirishda, tajribali dasturchilarning mahorat darslarida ishtirok etishi mumkin.

Sharhlar

❓Oliy ta`lim muassasalarida a`naviy ta`lim qachondan ochiladi?

21.09.2020, 20:58

Bu haqda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i  Abduvali Xoliqov javob berdi«Bugungi kunda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan shu...
Talabalarning qishqi ta`til muddati o`zgarishi mumkin

12.11.2019, 23:29

Talabalarning 2019-2020 o`quv yili uchun qishki ta`til davri o`zgarishi kutilmoqda, deya xabar beradi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati.2019 yilning 22 dekabrida O`zbekiston...
Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi

11.07.2017, 21:04

2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 16:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining...
​Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “biometrik tizimni aldayman degan “abiturientlar” qo`lga tushdi

07.07.2017, 10:08

Avval habar qilganimizdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o`zining test sinovlarini o`tkazish joylarida biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish (identifikasiya) va boshqarish...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1