AsosiyJamiyat

​O`zbekiston fuqarolarining 84,3 foizi davlatimiz ­rahbari ochiq ­muloqotning yangi tizimini qo`llab-quvvatlaydilar

'​O`zbekiston fuqarolarining 84,3 foizi davlatimiz ­rahbari ochiq ­muloqotning yangi tizimini qo`llab-quvvatlaydilar'ning rasmi

Odamlarning dardu tashvishini, muammolarini ­eshitish, ularni hal qilish jamiyat hayotida adolatni qaror toptirishning, davlat institutlariga xalq ­ishonchini mustahkamlashning asosiy talablaridan hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari mexanizmi yo`lga qo`yilgani yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib, davlat va fuqaro ­munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi.

Buni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan o`tkazilgan so`rov natija­lari ham tasdiqlaydi. Unga ko`ra, respondentlarning mutlaq ko`pchiligi, ya`ni
84,3 foizi davlatimiz ­rahbari tashabbusi asosida joriy etilgan fuqarolar bilan faol va ochiq ­muloqot qilishning yangi tizimini har tomonlama qo`llab-quvvatlaydilar. Ularning fikricha, ushbu yangi mexanizm ijtimoiy adolatni ta`minlash, aholi turmushidagi barcha muammoni hal qilishga qaratilgan bo`lib, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari ­bilan ishlash samaradorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Markazdan ma`lum qi­lish­laricha, mazkur so`rov muammoning maqsadli qo`yilishi jihatidan sinov-tajriba shaklida birinchi marta o`tkazildi. Unda rasmiy statistikaning an`anaviy usullariga rioya qilinmasdan, yangicha yondashuv asosida tahlil olib borildi.

So`rovda tanlov usuli asosida jami 2000 ta uy xo`jaligiga tashrif buyurildi, ularning 681 tasida o`z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat hokimiyati va bosh­qaruvi organlariga muro­jaat qilgan fuqarolar borligi aniqlandi.

Jamoatchilik fikri so`rovi hamyurtlarimiz o`z konstitusiyaviy huquqlaridan faol foydalangan holda, davlat hokimiyati yoki xo`jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilayotganini ko`rsatdi. Masalan, respondentlarning 28 foizi o`z muammolarini hal qilishda yordam so`rab mahallaga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlarga, pensiya jamg`armasiga va ijtimoiy ta`minot bo`limiga, Sog`liqni saqlash, Xalq ta`limi vazirliklariga murojaat qilishgan. 32,4 foizi esa kommunal soha va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan bog`liq masalalar, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz va isitish ta`minoti yuzasidan murojaat etgan. Respondentlarning har to`rtinchisi oilaviy masalalarni hal qilish maqsadida davlat hokimiyati organlaridan amaliy ko`mak so`ragan. Fuqarolarning 65,8 foizi davlat hokimiyati yoki xo`jalik boshqaruvi organlariga murojaatlari natijasida o`z muammosi ijobiy hal qilinganini qayd etgan.

O`tkazilgan so`rov shuni ko`rsatdiki, 93 foiz holatda fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishni so`rab davlat idoralariga o`z xohish-irodasiga ko`ra murojaat etgan. Qolgan holatlarda ishtirokchilar tanishlari, qarindoshlari, yaqinlari tavsiyasi bilan mazkur huquqidan foydalangan. Bu ham fuqarolarning huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotganini ifodalaydi.

Fuqarolar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga Xalq qabulxonalari orqali murojaat qilish ko`payayotgani ham ushbu institut qisqa muddatda xalqimiz ichiga kirib borganini ko`rsatadi. Fuqarolar ayni paytda ko`proq internet ­orqali o`z ariza va shikoyatlarini davlat idoralariga etkazishga harakat qil­moqda.

Aholining davlat idoralari faoliyatidan rozi bo`lishida muhim jihatlardan biri mansabdor shaxslarning huquqiy saviyasi, muomala madaniyati, fuqarolar murojaatlariga e`tibor qaratishidir. So`rov davlat hokimiyati va bosh­qaruvi organlari rahbarlarining ayni masalaga munosabati ijobiy tarafga o`zgarayotganini ko`rsatdi. Misol uchun, respondentlarning ko`pchiligi, ya`ni
82,1 foizi murojaatni qabul qilish va ko`rib chiqishda tegishli tashkilot rahbari, o`rinbosari yoki boshqa vakolatli vakili ular bilan shaxsan suhbatlashish hamda masalani ko`rib chiqish uchun qabulga taklif qilganligini bil­dirishdi. Fuqarolarning
93 foizi murojaat qilishda va ularni ko`rib ­chiqishda davlat hokimiyati hamda bosh­qaruvi organlari xodimlari tomonidan hech qanday ruhiy tazyiqqa duch kelmaganini aytishgani ham rahbar xodimlar o`z vazifasiga mas`uliyat bilan yondashayotganini ko`rsatadi.

Shu o`rinda yana bir jihat: so`rovda ishtirok etganlarning yarmidan ko`pi — 57,5 foizi davlat muassasalariga murojaat qilish natijalaridan to`la darajada qoniqadilar, har beshinchi fuqaro qisman qoniqish hosil qilgan, respondentlarning 4,7 foizi olingan javobdan qoniqmagan.

Tahlillardan ayon bo`ldiki, odamlarimiz fikr va qarashlarida davlat hokimiyati organlari, xo`jalik boshqaruvi tashkilotlari faoliyati bo`yicha ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. Ya`ni yurtdoshlarimizning fikriga qaraganda, murojaatlarni qabul qilishda fuqarolar bilan ishlash, javob berishning tezkorligi, murojaatga javobning mazmuni, to`liqligi, davlat organlari xodimlarining malakasi va kasbiy layoqati, amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi, yakuniy qarorning xolisligi, ishonch­liligi va asoslanganligi, masalani hal qilish qaysi bosqichda turgani, uni hal etish borasida qanday ishlar olib borilayotgani yoki nimalar rejalashtirilayotgani haqida tezkor ­ma`lumot berilayotgani ­diqqatga sazovor.

Umuman, so`rov natijalari 2017 — 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va ­inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid ­Davlat dasturi ijrosi ­doirasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar fuqarolarning davlat hokimiyati hamda xo`jalik boshqaruvi organlariga murojaat etishga doir ­konstitusiyaviy huquqlarini ro`yobga chiqarish uchun sifat jihatidan yangi shart-sha­roitlarni yaratishga xizmat qilayotganini tasdiqlaydi. Yurtimizda asos solingan fuqarolar bilan faol va ochiq muloqotning yangi tizimi, Xalq qabulxonalari, respondentlarning fikricha, ijtimoiy adolatni ta`minlab, mamlakatimizni har tomonlama ravnaq toptirishning strategik maqsadlariga erishishda hal qiluvchi o`rin tutadi.

Boshqa yangiliklar