AsosiySport

​Messi to`yi sanasini oshkor qildi

'​Messi to`yi sanasini oshkor qildi'ning rasmi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi sevgilisi Antonelle Rokussoga qachon rasman uylanishini ma`lum qildi.

Taniqli futbolchining to`yi 30 iyunda Rosario shahrida bo`lib o`tadi.

To`y “Barselona” va Argentina terma jamoasi yulduzi 30 yoshini nishonlaganidan bir necha kun o`tgach, bo`lib o`tadi.

To`yga 600 kishi taklif qilinishi rejalashtirilmoqda.

Messi va Rokusso o`n yildan beri birga yashaydi. Ular bolaligida tanishishgan. Juftlikning ikki nafar 4 yoshli Tyago va 2 yoshli Mateo ismli o`g`illari bor.

Boshqa yangiliklar