AsosiyJamiyat

Xalqaro kongressning rossiyalik ishtirokchilari «O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasi haqida...

'Xalqaro kongressning rossiyalik ishtirokchilari «O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasi haqida...'ning rasmi

«O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l» xalqaro ilmiy-madaniy kongressida qatnashish uchun turli davlatlarning olimlari tashrif buyurdi.

Tadbirda sharqshunoslik, arxeologiya, tarix, sharq qo`lyozmalari, numizmatika, to`qimachilik, kulolchilik sohalariga ixtisoslashgan 120 dan ortiq horijiy va 100 dan ortiq mahalliy olim va ekspertlar ishtirok etadi. Ular orasida Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Misr, Koreya, Belgiya, Gollandii, Fransiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Xitoy, Turkiya, Gresiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan dunyo ilm-fani vakillari – mashhur olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari, ilmiy jurnallar muharrirlari, taniqli kolleksionerlar,shuningdek, YuNESKO va ICOMOS (Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlash bo`yicha xalqaro kengash), ko`p sonli asarlar va kitoblar muallifi bo`lgan olimlar bor.

Tadbirning asosiy voqeasi bo`lgan «Dunyo to`plamlarida O`zbekistonning madaniy merosi» nomli loyiha muallifi va rahbari - O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist F.Abduxoliqovning eksklyuziv madaniy-ma`rifiy media-loyihasi taqdimoti bo`lib o`tadi.

Forumda ishtirok etayotgan rossiyalik ishtirokchilar o`z fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashishdi.

Olga VASILEVA Rossiya Milliy kutubxonasi Qo`lyozmalar bo`limi Sharq fondi sho``basining mudirasi va saqlovchisi:

— «O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida» turkumidagi albomlar juda muhim ahamiyatga ega. Dastavval bu loyiha ro`yobi juda murakkab va imkonsiz tuyulgandi. Axir bu ishni amalga oshirish juda katta mablag`, tashkiliy va aqliy mehnatni talab etadi. Bundan tashqari O`zbekistonga daxldor arxeologik topilmalar, badiiy va amaliy san`at namunalari saqlanayotgan muzey va kutubxonalarning bu loyihaga roziligi kerak bo`lardi. Mazkur yo`nalishdagi kitoblarning o`n jildi dunyo yuzini ko`rgani bu boradagi mashaqqatlar loyiha tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan muvaffaqiyatli engib o`tilganidan darak beradi.

Bu aslida haqiqiy bayram uchun arzirli sabab. Bularning hammasi ayni paytgacha qilingan ishlarni etarli darajada baholash va istiqboldagi vazifalarini belgilashda¸ O`zbekiston hududida va undan tashqarida saqlanayotgan o`zbek xalqining madaniy merosini o`rganishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.Akademik Rtveladzeni ko`rish orzuim amalga oshmoqda. U O`zbekistonda 10 yil yashagan o`qituvchim bilan yaxshi tanish. Men Samarqand shahrida «Kitob san`ati» nomli ma`ruzamni o`qiyman. O`zbekiston san`ati va madaniyatini serqirra olmosga o`xshataman. O`zbek sana`ati Rossiyaga yaxshi tanish. Fikrimning isboti sifatida 1941 yilda Leningradda Alisher Navoiy xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan anjumanni eslatib o`tish joiz, deb bilaman. Madaniy meroslarni kelajak uchun saqlashni o`z burchimiz, deb hisoblayman».

IRINA POPOVA, Rossiya fanlar akademiyasi Sharq qo`lyozmalar instituti direktori, xitoyshunos tarixchi, tarix fanlari doktori, professor:

“Mazkur tadbirga dunyoning turli burchaklaridan ishtirokchilar kelganining guvohi bo`ldik. Qiziqarli muzokaralar, bahs-munozaralar bo`lishi tabiiy hol. Yangi tanishlar orttirganimdan juda mamnunman. Kelasi yil o`zining 200 yilligini nishonlaydigan muassasamiz haqida ishtirokchilarga so`zlab berishni niyat qildim. Sharq qo`lyozmalari instituti Sankt-Peterburg Osiyo muzeyi sifatida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi O`zbekiston hududida qadimda yashagan so`g`dlardan tortib, boshqa millat yozma madaniyat yodgorliklarini to`plash va saqlashdan iboratdir. Rossiyaliklarning O`rta Osiyo madaniyatiga bo`lgan qiziqishi juda kattadir. Mana bir necha yillardan beri Ermitajda Markaziy Osiyo ekspozisiyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Rossiya etnografiya muzeyida ham O`rta Osiyo va Qozog`istonga bag`ishlangan doimiy ekspozisiya ish olib bormoqda”.

NATALYa PROKOPEVA , Rossiya etnografik muzeyining muzey qadriyatlarini saqlash, hisobini yuritish va restavrasiya qilish bo`yicha direktor o`rinbosari:

“Hamkasblarim bilan turli bitimlar, muzokaralar tuzish yuzasidan yangidan-yangi uchrashuvlarni kutmoqdaman. Muzeyimizda O`zbek xalqi madaniyatini aks ettiruvchi kolleksiya mavjuddir, biz ham o`zimizda mavjud narsalarni taqdim etishni istadik. Dastur juda mazmunli tuzilgan. Biz Uzbekistan Today bilan hamkorlikda dunyo muzeylaridagi O`zbekiston xazinalari haqidagi ma`lumotlarni to`plash loyihasi bilan shug`ullandik. Taqdimot marosimida men o`zimizning muzeyda saqlanayotgan kolleksiyalar haqida ma`lumot beraman”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar