O`zbekistonlik futzal hakami Anatoliy Rubakov Tailand poytaxti Bangkok shahrida o`tkazilayotgan 20 yoshgacha bo`lgan futzalchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatida ishlayapti.
Kecha, 16 may kuni o`zbekistonlik referi musobaqaning 1-turidan o`rin olgan Yaponiya – Xitoy Taypeyi (4:0) uchrashuvida bosh hakamga assistentlik qildi. Bugun, 17 may sanasida esa Anatoliy Rubakov 2-turdan o`rin olgan BAA – Xitoy (3:1) o`yinida bosh hakam bo`lib ishladi.
OFK, shuningdek, O`FF matbuot xizmatining etakchi mutaxassisi Sherzod Rajabovni musobaqaning media jarayonlarini olib borish uchun Osiyo chempionatiga taklif qilgan. Ayni vaqtda O`FF xodimi Tailandda bo`lib turibdi.
Ma`lumot uchun, 16 may kuni boshlangan Osiyo chempionati 26-mayga qadar davom etadi. Mazkur turnirda ishtirok etayotgan O`zbekiston U-20 termasi chempionatni Myanma ustidan erishilgan 5:0 hisobidagi g`alaba bilan boshladi.