«O`ZBEKISTON MADANIY MEROSI – XALQLAR VA MAMLAKATLAR O`RTASIDAGI MULOQOTGA YO`L” XALQARO KONGRESSI REZOLYuSIYaSI
- 2017 yilning 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o`tkazilgan «O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” xalqaro kongressi dunyoning ko`pgina mamlakatlari olimlarining O`zbekiston madaniy merosiga bo`lgan ulkan qiziqishini yaqqol namoyon etdi. Bir qator muzey va to`plamlarda ehtiyotkorona saqlanayotgan va dunyoning taniqli olimlari –sharqshunoslar, tarixchilar va arxeologlar tomonidan o`rganilayotgan bu durdonalar nafaqat ilmiy doiralar, balki keng jamoatchilik e`tiborini o`ziga jalb etayotir.
- Ilmiy anjuman doirasida “O`zbekiston madaniy merosi” turkumidan o`zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan, Davlat Sharq muzeyi (Moskva), Davlat Tretyakov galereyasi (Moskva)dagi to`plamlar, Jahon to`plamlarida (Avstraliya, Kanada, AQSh va boshqa davlatlarda) saqlanayotgan O`zbekiston gilamlari va kashtalari (Rossiya Milliy kutubxonasi to`plamlarida Alisher Navoiy asarlari, Sharq qo`lyozmalari instituti (Sankt-Peterburg), Davlat Ermitaji (Sankt-Peterburg), Davlat tarix muzeyi (Moskva), Jahon to`plamlaridagi O`zbekiston musiqiy merosi hamda O`zbekiston gilamchiligiga bag`ishlangan 10 jildli kitob-albom nashr qilindi. Mazkur kitoblar va videofilmlar ularning mualliflari tomonidan taqdim etildi.
- Ta`kidlash lozimki, O`zbekiston zaminida yashab o`tgan Sharq uyg`onish davrining buyuk vakilari yuksak ilmiy salohiyati dunyo ilm-fani, madaniyati va san`atining mustahkam ilmiy poydevorin yaratib ketishgan. Kongress doirasida o`qilgan mahalliy va xorjiy olimlarning ma`ruzaari yana bir bor O`zbekiston madaniy merosining jahon ahli hayotidagi tarixiy-madaniy ahamiyatini ko`rsatib berdi. Anjumanda ishtirok etgan jahonga mashhur olimlar – akademiklar Karl Baypakov (Qozog`iston), Shohin Mustafaev (Ozarbayjon), fan doktorlari Irina Popova (Rossiya), Aleksandr Naymark (AQSh), Suge Geniti (Yaponiya), Ladan Akbarniya (Buyuk Britaniya), Ketrin Pujol (Fransiya) va boshqa qator olimlar O`zbekiston madaniyati va san`ati tarixi, M.E.Masson, G.A.Pugachenkova, L.I.Rempel, Ya.G`.G`ulomov, R.X.Sulaymonov, E.V.Rtveladze singari o`zbekistonlik olimlarning ilm-fanga qo`shgan hissalariga yuksak baho berishdi. Ikki kun davom etgan kongressda o`qilgan ma`ruzalar, qilingan taqdimotlar O`zbekistonning xorijda saqlanayotgan san`at durdonalari, Buyuk ipak yo`li merosi, Movarounahr kitobat san`ati, yirik arxeologik izlanishlarga bag`ishlandi.
- “O`zbekiston madaniy merosi – jahon to`plamlarida” loyihasi o`zining uch tilda tilda chop etilgan kitob-albomlari, kataloglari, ushbu nodir osori atiqalar virtual manzarasini aks ettiruchi videotalqinlari O`zbekistonning tarixiy madaniy merosi bo`yicha tadqiqotlar olib borish, tizimlashtirish, qayta tiklash va jamoatchilikka namoyish etishda favqulodda muhim ilmiy-tadqiqiy va ilmiy-ma`rifiy vazifalarni bajaradi. Ushbu loyiha nafaqat keng ko`lami, balki uning doirasida o`tkazilgan tadqiqotlar va tashkiliy ishlari bilan ham beqiyos, jahon bo`yicha yagonadir. Loyiha bilan ishlash jarayonida xorijda - Rossiya Federasiyasi, Germaniya, Chexiyada saqlanayotgan osori atiqalarning yirik ma`lumotlar bazasi shakllantirildi. Luvr (Fransiya), Britaniya muzeyi, Ashmolean muzeyi, Bodlean kutubxonasi (Buyuk Britaniya), Hindiston Milliy muzeyi, Ispaniya Milliy kutubxonasi, To`pqopi (Turkiya), Mixo (Yaponiya) singari muzeylaridagi to`plamlarga bag`ishlangan kitob-albomlar va hujjatli filmlarni yaratish bo`yicha shartnomalar imzolandi.
- Shu bilan birga kongress ishtirokchilari turli mamlakatlar, xususan O`zbekistondagi vazirliklar, madaniy muassasalar rahbarlariga tadqiqotchilar madaniy meros ob`ektlari bilan tanishishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida murojaat qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Muzey eksponatlari haqida ma`lumotlar va mukammal raqamli kataloglarning yo`qligi O`zbekiston madaniy merosini yanada kengroq o`rganishga va O`zbekiston madaniy merosini tobora ommalashtirishga, turli mamlakatlarning madaniy, ilmiy, va ta`lim muassasalari o`rtasidagshi hamkorlikni rivojlantirishga to`sqinlik qilayotir.
Hozir, insoniyat tamaddunining nodir namunalari dunyoning bir qator mintaqalarida ayovsiz barbod qilinayotgan bir paytda, O`zbekistonda bu masalaga juda katta e`tibor qaratilayotgani, xususan o`nlab davlatlardan kelgan, Sharqning boy va bebaho merosini tadqiq etayotgan olim va mutaxassislari ishtirokida ulkan ilmiy anjuman o`tkazilgani e`tirofga loyiq.
Kongress ishida 40 davlatdan 370 nafar ishtirokchi, jumladan, fan va madaniyat muassasalari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus vakillari, ekspertlar ishtirok etishdi. Kongress ishini mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari keng yoritishdi. («Vesti 24», NTV, «Kultura», «Mir», TRT telekanallari, Reyter, TASS, Sinxua, Anadolu axborot agentliklari va boshqalar). Kongressda Ozarboyjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Qozog`iston, Kanada, Qirg`iziston, Polsha, Rossiya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiya singari davldatlardan O`zbekistonga tashrif buyurgan 5 nafar akademik, 36 nafar fan doktori, 14 nafar professor o`z ma`ruzalari va yo`llanmalarini taqdim etishdi.
Anjumanning salohiyati juda yuksak. U katta ma`rifiy va ilmiy ahamiyatiga ega. Bugungi murakkab zamonda bu loyiha yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`z milliy an`analari va madaniyati bilan tanishtirish, o`zbek va jahon xalqlari madaniyatlari o`rtasidagi muloqotni mustahkamlash, dunyo madaniyati barcha tarkibiy qismlarining o`zaro va mushtarakligini ta`minlashda katta o`rin tutadi.
VI. Anjuman yakunida bunday xalqaro anjmunni yilda bir marotaba o`tkazish, shuningdek kongress davomida tinglangan ma`ruzalarni maxsus ilmiy to`plam tarzida chop etishga kelishib olindi.
- Bahslar va munozaralar davomida turli mamlakatlar olimlari va O`zbekistonning ilmiy jamoatchilik vakillari bildirgan takliflarni umumlashtirgan holda, Kongress “Butunjahon O`zbekiston madany merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish jamiyatini tuzish zarurligi haqida” mazkur deklarasiyani qabul qildi. Turli mamlakatlardan Sharq san`atini o`rganish bilan shug`ullanayotgan taniqli olimlar, arxeologlar, sharqshunoslar, tarixchilar, san`atshunoslar jamiyat a`zolari bo`lishi mumkin. Mazkur jamiyat xalqaro miqyosda, dunyoning turli muzey va to`plamlaradi O`zbekiston madaniy merosi namunalarini tadqiq etish bilan bog`liq tadbirlar – ko`rgazmalar, taqdimotlar, madaniy forumlar o`tkazishi mumkin.
- Kongress ishtirokchilari ko`rsatilgan mehmondo`stlik, shuningdek, madaniyat va san`atni rivojlantirishga, O`zbekiston madaniy merosini asrab-avaylashga, dunyo miqyosida ilm ahlini qo`llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e`tibor uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga, mamlakat hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirishdi.
- Butunjahon O`zbekiston madany merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish jamiyati ekspertlar kengashi tarkibiga kongress ilmiy majlisi tashkilotchilari va moderatorlari kiritiladi. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining rahbari va muallifi F.Abduxoliqovga xalqaro ilmiy kongress qatnashchilari materiallari va takliflarini umumshlashtirish, kelgusida ushbu loyiha doirasida bildirilgan tashabbuslarni amalga oshirish vazifalari yuklatiladi.