AsosiySport

Ravshan Haydarov O`zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

'Ravshan Haydarov O`zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi 'ning rasmi

O`zbekiston U-22 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Toshkentning “Paxtakor” klubi ustoziga aylangan Jasur Abduraimov o`rnini O`zbekiston yoshlar termasida Ravshan Haydarov egalladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi.

Murabbiylik faoliyati davomida Ravshan Haydarov “Traktor” (1997–2001), “Paxtakor” (2002, 2006–2007, 2010–2011, 2017), “Qizilqum” (2012–2013), Samarqandning “Dinamo” (2013–2014) klublarida bosh murabbiy bo`lib ishlagan.

Uning qo`li ostida “Paxtakor” ikki martadan O`zbekiston chempionati va Kubogida g`olib chiqqan. Shuningdek, Ravshan Haydarov 2002–2005 yillarda O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, 2007–2010 yillarda “Paxtakor” klubida bosh murabbiy assistenti, 2014–2015 yillarda O`zbekiston U-19 termasi ustozi lavozimida faoliyat yuritgan.

2015 yildan buyon esa 55 yoshli mutaxassis O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan edi.

Ma`ulmot uchun, O`zbekiston U–22 terma jamoasi shu yilning 15–23 iyul kunlari 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari BAAda bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar