Aleksandr Mochinov bosh murabbiyiligi ostidagi O`zbekiston U-18 terma jamoasi shu yilning 17 va 19 iyun kunlari Minsk shahrida Belarus yoshlar termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.
Bo`lajak o`yinlar O`zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo`lib o`tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.
May oyi boshida O`zbekiston yoshlar termasi saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida Erevan shahrida Gruziya U-18 termasiga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yini o`tkazib, birida 2:4 hisobida mag`lub bo`lgan bo`lsa, ikkinchisida 4:1 hisobida zafar quchgandi.






